O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarga Yevropaga noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashish oqibatlari haqida ogohlantirish bilan chiqdi.
So‘nggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar O‘zbekiston fuqarolariga katta miqdordagi pul mukofotlarini va’da qilib, ulardan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga, xususan, Gretsiyaga migrantlarni dengiz yo‘li orqali noqonuniy olib o‘tishda vositachi sifatida foydalanishga urinmoqda”, — deyiladi xabarda.
Bunday noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullangan fuqarolar Turkiya qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etiladi.
Vazirlik noqonuniy migratsiyaga ko‘maklashganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, katta jarimalar va deportatsiya, Turkiyada doimiy yashash va ishlash huquqidan mahrum qilish, shuningdek, Turkiya va Yevropa mamlakatlariga kirishni taqiqlash bilan tahdid qilishi haqida ogohlantirdi.
Bosh konsulxona fuqarolarga turli noqonuniy va’dalar va maslahatlarga ishonmaslikni qat’iy tavsiya qiladi.