O‘zbekistonda iliq ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekiston

Ba’zi joylarga tuman tushadi, kechalari biroz sovuq, tog‘larda yaxmalak kuzatiladi.

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, 6-mart kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, kechalari biroz sovuq saqlanib turadi, kunduzi harorat 17 darajagacha ko‘tariladi.

Toshkentda kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hafta davomidagi prognozga ko‘ra, dam olish kunlarigacha qor va sovuq bo‘lishi kutilmoqda, keyin esa 22 daraja iliq bo‘lgan quyoshli ob-havo qaytadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.