O‘zbekistonda bahorgi ob-havo yog‘ingarchiliksiz kutilmoqda

O‘zbekiston

Ba’zi joylarda havo harorati 25° iliqqacha ko‘tariladi.

16-mart kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz bahorgi ob-havo kutilmoqda. Ushbu ma’lumotni O‘zgidromet taqdim etdi.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, tunda harorat 4-12° atrofida, kunduzi esa 17-25° iliqlikda saqlanadi.

Toshkentda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Tunda harorat 7-9° iliq, kunduzi 20-22° iliqlikni tashkil etadi.

Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kutilmayapti. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Tunda harorat 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliqlikni tashkil etadi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.