15-mart kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo saqlanib qoladi, ayrim joylarda havo harorati 25 darajagacha ko‘tariladi. Bu ma’lumotni O‘zgidromet e’lon qildi.
Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, tunda harorat 2-10 daraja atrofida, kunduzi esa 17-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir, baland tog‘larda yomg‘ir va qor yog‘adi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.