Qonunchilik palatasiga avtomobillar tezligining yo‘l qo‘yiladigan xatoligini oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi

O‘zbekiston

Agar o‘zgartirishlar qabul qilinsa, shaharlarda haydovchilar jarima olish xavfisiz soatiga 70 km tezlikda harakatlanishlari mumkin bo‘ladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga avtotransport vositalari uchun jarima qo‘llanilmaydigan tezlik chegarasini soatiga 5 kilometrdan 10 kilometrgacha oshirish to‘g‘risidagi loyiha kiritildi. Tegishli hujjatni Vazirlar Mahkamasi yo‘llagan.

Qonun loyihasi Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatovning o‘tgan yil iyul oyidagi topshirig‘iga binoan ishlab chiqildi. Mas’ul idoralarga texnik qurilmalar va transport vositalaridagi xatolarni hisobga olgan holda loyiha tayyorlash vazifasi yuklatilgan edi.

Agar o‘zgartirishlar qabul qilinsa, shaharlarda haydovchilar 65 km/soatgacha (60+5) emas, balki 70 km/soatgacha (60+10) tezlikda jarima olish xavfisiz harakatlanishlari mumkin bo‘ladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.