Biznes elektr va gaz uchun to‘lovlarni korporativ kartalardan to‘lashi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston

To‘lov mobil ilovalar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Фото: Sputnik

O‘zbekistonda korxonalar uchun energiya resurslari uchun to‘lovlar soddalashtirildi. Bu haqda Markaziy bank qarorida keltirilgan.

Regulyator bank kartalarini chiqarish va muomalasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritdi. Endilikda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni mobil ilovalar orqali korporativ kartalardan amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

O‘zgartirishlar 13-martdan kuchga kirdi. Ular prezidentning 2024-yil dekabrdagi biznes uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini yaratish to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq kiritilmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.