Qo‘qonda poliklinika haydovchisi o‘zboshimchalik bilan tez yordam mashinasida o‘tin tashidi

O‘zbekiston

Mazkur holat muhokama qilingan yig‘ilishda haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tez yordam mashinasida daraxtlar olib ketilayotgani aks etgan video tarqaldi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi holatga oydinlik kiritdi.

13-mart kuni Qo‘qon shahridagi 10-oilaviy poliklinikaga qarashli tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi mashinaga daraxt ko‘chatlarini o‘zboshimchalik bilan ortib olgan. Mazkur holat muhokama qilingan yig‘ilishda haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Shuningdek, poliklinika bosh shifokori o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyasizlik bilan yondashgani, haydovchilar o‘rtasida avtotransport vositalaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha yetarlicha yo‘riqnomalar o‘tkazmagani uchun hayfsan intizomiy jazoga tortildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.