
Xorijiy kompaniyalar Oʻzbekistonda soliq ajratmalarini 1,6 barobarga oshirdi
2024-yilda 63 ta elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar 115,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan. Ajratmalar hajmi boʻyicha yetakchilar Meta, Google va Apple boʻldi. Xorijiy xizmatlar uchun QQS toʻlash majburiyati Oʻzbekistonda 2020-yilda joriy etilgan.