Federal sud kompaniyani internet-qidiruv bozorini noqonuniy monopoliya qilishda aybdor deb topgandan so‘ng, Google Chrome brauzerini sotish va AQSH Adliya vazirligi tomonidan taklif qilingan boshqa qat’iy choralardan qochish uchun yon berishga tayyorligini bildirdi. Bunga qurilma va brauzerlarda birlamchi Google qidiruv tizimini o‘rnatish kiradi.
Google takliflari orasida uch yilga qidiruv tizimini birlamchi o‘rnatish majburiyatini yuklaydigan qurilma ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomalardan voz kechish, shu jumladan Apple bilan har yili 18-20 milliard dollar to‘laydigan shartnoma ham bor. Shuningdek, foydalanuvchilarga standart qidiruv tizimini yiliga kamida bir marta o‘zgartirishga ruxsat berish va brauzerlarga Google’ni birlamchi qidiruv tizimi sifatida o‘rnatish huquqini qoldirish taklif qilinmoqda. Kompaniya, shuningdek, o‘zining Gemini chat-botini Chrome orqali majburiy tarqatishni uch yilga to‘xtatishga tayyor.
Adliya vazirligi, o‘z navbatida, yanada qat’iy choralar ko‘rishni, jumladan, Chrome brauzerini sotishni, Android operasion tizimini cheklashni va Google’ni standart qidiruv tizimi sifatida o‘rnatishni 10 yilga uzaytirishni talab qilmoqda. Vazirlik internet-qidiruv bozorida raqobatni tiklash uchun Google biznesining bo‘linishi zarur deb hisoblaydi. Sud jarayoni 2025-yil 22-aprelda boshlanadi.