O‘zbekiston

Hisob palatasi 4,5 trln soʻmlik davlat xaridlarida xatolar aniqladi

Hisob palatasi oʻtgan yili 4,5 trillion soʻmlik davlat xaridlarida kamchiliklar borligini aniqladi. Bu yoʻnalishdagi tizimli ishlar 2025-yilda ham davom ettirilishi rejalashtirilmoqda. Buning uchun Hisob palatasining “Masofaviy audit” tizimiga 110 ta vazirlik va idoraning maʼlumotlar bazasi kiritiladi.

UzAuto boshqaruv raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi

UzAuto Sanoat`da ayrim kadrlar oʻzgarishi amalga oshirildi. Boshqaruv raisining mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hamda boshqaruv raisining transformatsiya va moliya masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlariga yangi nomzodlar tayinlandi.

Surxondaryoda M25 koni hududida yongʻin oʻchoqlari paydo boʻldi — video

Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” shaxtasi hududida kondan chiqayotgan gaz bir nechta yongʻin oʻchoqlarini keltirib chiqardi. Energetika vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu uchastkada gazning xavfsiz yonishi boʻyicha ishlar olib borilmoqda, hech qanday favqulodda holatlar yoʻq.

Anhorboʻyida mojaro: Tadbirkor seysmik jihatdan xavfli hududda koʻp qavatli uy qurmoqchi

Toshkentning Labzak mahallasida, Anhor daryosi boʻyida “Park Retail” MCHJ kompaniyasi tomonidan turar-joy majmuasi qurilishi rejalashtirilgan. Bir gektarga yaqin hududda qimmatbaho daraxtlar kesilgan va poydevor chuquri qazilgan. Kompaniya sudda yutqazgan boʻlsada, turli yoʻllar bilan, hatto aldov va ommaviy axborot vositalari orqali manipulyatsiya qilish yoʻli bilan boʻlsa ham, loyihani qayta jonlantirishga urinmoqda. Hozirgi kunda ushbu turar-joy majmuasiga taqiq qoʻyilgan.

Paxta yetishtiruvchi fermerlarga subsidiya beriladi

Oʻz mablagʻlari yoki tijorat kreditlari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirgan va uni birjada sotgan xoʻjaliklarga shakllantirilgan hisobvaraq-faktura summasining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.