Futbol boʻyicha 2030-yilgi Jahon chempionati uch qitʼadagi olti mamlakatda oʻtkaziladi

O‘zbekiston

FIFA 2030 va 2034-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatlari oʻtkaziladigan joylarni eʼlon qildi. 2030-yilda chempionatning yakuniy qismi birdaniga olti mamlakatda, 2034-yilgi mundialga esa Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi va juda issiq iqlim tufayli uni qishda oʻtkazadi.

Foto: Stuart Franklin / Getty Images

2030 va 2034-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatlarining yakuniy bosqichlariga mezbonlik qiladigan mamlakatlar belgilandi.

11-dekabr kuni Syurixda boʻlib oʻtgan FIFAning favqulodda kongressida 2030-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatining asosiy tashkilotchilari Ispaniya, Portugaliya va Marokash boʻlishi maʼlum qilindi. Bundan tashqari, ayrim oʻyinlar Argentina, Paragvay va Urugvayda oʻtkaziladi.

2034-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Mamlakat turnirni oʻtkazish uchun yagona nomzod edi. Yozning juda issiq boʻlishi sababli musobaqa qishda oʻtkaziladi.

Taʼkidlash joizki, 2026-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada boʻlib oʻtadi. Yevropa saralash musobaqasining qurʼasi 13-dekabr kuni tashlandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.