Saudiya Arabistonida 2034-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida alkogol savdosi taqiqlandi

Dunyo

FIFA Qatar tajribasini inobatga olib, Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan 2034-yilgi jahon chempionatida spirtli ichimliklarni sotishdan bosh tortdi. Turnir stadionlarda spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishni taqiqlovchi mahalliy qonunlarga rioya qilgan holda oʻtkaziladi.

Foto: Illustratsiya / Setup in Saudi

FIFA Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan 2034-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati vaqtida stadionlarda spirtli ichimliklarni sotishga ruxsat berish gʻoyasidan voz kechdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Nashr xabariga koʻra, Xalqaro futbol federatsiyasi musobaqa tashkilotchilari bilan matchlarda pivo sotish imkoniyatini muhokama qilishni rejalashtirmayapti, chunki bu mahalliy qonunlarga ziddir.

Bunday qaror 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionatidagi vaziyatning natijasi boʻldi. Oʻshanda FIFA pivo sotishga ruxsat olishga muvaffaq boʻldi, ammo turnir boshlanishidan ikki kun oldin Al-Tani hukmron oilasi bu qarorni bekor qildi. Natijada, tashkilot pivo zavodiga taxminan 40 million funt sterling tovon toʻlashga majbur boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, chorshanba kuni FIFA kongressida Saudiya Arabistoni rasman 2034-yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun tanlangandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.