Fargʻonadagi koʻp yoqilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan portlash oqibatida toʻrt kishi halok boʻldi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, portlash va yongʻin Petrolium yoqilgʻi quyish shoxobchasida sodir boʻlgan. Hodisaga konteynerga gaz haydash jarayonida yuzaga kelgan 5 kub metr hajmdagi yoriqdan gaz sizib chiqishi sabab boʻlgan.
Holat yuzasidan viloyat IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam oʻlishiga sabab boʻlsa) va 259-moddasi 2-qismi “a” bandi (Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish, odam oʻlishiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi doirasida besh nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tegishli ekspertizalar tayinlangan.