28-yanvarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida biroz qor yogʻadi, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kechasi yomgʻir va qor koʻrinishidagi biroz yogʻingarchilik boʻlishi mumkin. Qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati kunduzi +5...+10 daraja, respublikaning shimoliy hududlarida -2...+3 daraja boʻladi.
29-31-yanvarda sovuq havo massalari shimoldan Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqala boshlaydi, havo harorati kechasi 0...-5 darajagacha, shimoliy hududlarning baʼzi tumanlarida -8 darajagacha pasayadi. Kunduzi harorat 0...+5 daraja atrofida boʻladi.
Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida 29-31-yanvar kunlari asosan qor koʻrinishidagi davriy yogʻingarchilik kutilmoqda. Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Respublikaning ayrim joylarida tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi bor.
Shanba kuni Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0...+2, kunduzi +6...+8 daraja boʻladi.
29-31-yanvar kunlari qor yogʻishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 0...-2, kunduzi 0...+2 daraja boʻladi.