Oʻzbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan Malayziyaga joʻnab ketdi

O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi. Malayziyaning yetakchi kompaniyalari top-menejerlari bilan uchrashuvlar, qoʻshma biznes-forum va boshqa tadbirlarda ishtirok etish rejalashtirilgan.

Bugun, 4-fevral kuni prezident Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohimning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga muvofiq Kuala-Lumpur shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar boʻlib oʻtadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.