Chegaradan navbatsiz oʻtish uchun nazorat-oʻtkazish punktida pulli xizmat paydo boʻladi

O‘zbekiston

Oʻzbekistonda bojxona nazoratidan navbatda turmasdan tezda oʻtish imkonini beruvchi Fast-track pulli xizmati rasman joriy etilmoqda. Ushbu xizmatdan foydalanuvchi yoʻlovchilar, shuningdek, ularning bagaji va qoʻl yuki alohida zonada tekshiriladi, bu jarayonni tezlashtiradi.

Oʻzbekistonda nazorat-oʻtkazish punktlarida “Fast-Track” xizmati yoʻlga qoʻyiladi.

Bu fuqarolarga davlat chegarasidan navbatda turmasdan oʻtish imkonini beradi. Buning uchun ariza oldindan Bojxona qoʻmitasi sayti yoki elektron toʻlov tizimlari orqali rasmiylashtirilishi lozim. Ushbu xizmatdan foydalanuvchi yoʻlovchilar, shuningdek, ularning bagaji va qoʻl yuki alohida zonada tekshiriladi, bu jarayonni tezlashtiradi.

Fast-Track xizmatining narxi har bir voyaga yetgan yoʻlovchi uchun navbatni rasmiylashtirish kunidagi BHMning 15 foizini tashkil qiladi.

Yana bir yangilik — “Elektron navbat” tizimi joriy etildi. Endi haydovchilar Bojxona qoʻmitasining rasmiy sayti yoki maxsus kutish zonalarida navbatga yozilishi mumkin.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.