2024-yilda oʻzbekistonliklar rekord darajadagi 4,5 trln soʻmlik mikroqarzlarni rasmiylashtirdi

O‘zbekiston

2024-yilda milliy valyutada rasmiylashtirilgan mikroqarzlar va mikrokreditlar berish hajmi yarmidan koʻproqqa oshdi. Yanvar–dekabr oylarida fuqarolar 45,83 trln soʻmlik mikroqarz oldi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 59,44 foizga koʻpdir.

Foto: “Взгляд.uz”

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yakuniga koʻra milliy valyutada rasmiylashtirilgan mikroqarzlar va mikrokreditlar berish hajmi ikki baravardan koʻproqqa oshgan.

Yanvar-dekabr oylarida fuqarolar 45,83 trln soʻmlik mikroqarz oldi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 59,44 foizga koʻpdir. Oylik eng yuqori koʻrsatkichlar 2024-yil oxiriga toʻgʻri keldi. Dekabr oyida mikroqarzlar berish mutlaq rekord oʻrnatdi — 5,1 trln soʻmdan ortiq.

Oʻz navbatida, oʻtgan yili mikrokreditlash 52,91 foizga — 11,37 trln soʻmdan 17,4 trln soʻmgacha oshdi. Aholiga eng koʻp mikrokreditlar iyun va oktyabr oylarida berilgan (1,8 trln soʻmdan ortiq).

Toʻrtinchi chorakda mikrokreditlar ajratish 2023-yilning mos davriga nisbatan tezlashdi (+75,74%), mikrokreditlarning oʻsish surʼati sezilarli darajada sekinlashdi (+30,55%).

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.