Toshkentda gaz va elektr taʼminotidagi uzilishlar biznes uchun asosiy toʻsiq boʻldi

O‘zbekiston

2024-yil oxirida Toshkentda gaz va elektr taʼminotidagi uzilishlar biznes uchun asosiy toʻsiq boʻldi. Shuningdek, asosiy sabablar roʻyxatiga ijara narxining oshishi (17 foiz), aylanma mablagʻlar va talabning yetishmasligi (16 foizdan) ham kiritilgan.

2024-yil oxirida poytaxt tadbirkorlarining gaz va elektr taʼminotidagi uzilishlar boʻyicha shikoyatlari keskin oshdi. Bu haqda Markaziy bankning toʻrtinchi chorakdagi ishbilarmonlik kayfiyatiga bagʻishlangan hisobotida aytiladi.

Oʻtgan yilning oktyabr-dekabr oylarida soʻrovda qatnashgan tadbirkorlarning 53 foizi joylarda ishbilarmonlik muhiti yaxshilanganini maʼlum qilgan (III chorakda - 57 foiz). Asosiy ijobiy omillar sifatida bank xizmatlarining yaxshilanishi va kreditlash imkoniyatlarining kengayishi qayd etildi. Shuningdek, litsenziya va ruxsatnomalarning olinishi, raqobat muhitida kuzatilayotgan oʻzgarishlar ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishiga xizmat qildi.

Bojxona tariflari va cheklovlari, soliq maʼmurchiligi, monopoliya, yoʻl infratuzilmasi, gaz va elektr taʼminoti tizimidagi vaziyat sezilarli darajada yaxshilanmadi.

Toshkentda ishbilarmonlik kayfiyati yaxshilanganini bildirgan respondentlar soni 52 foizgacha kamaydi. Sohalar kesimida respondentlar ishlab chiqarish, qurilish, taʼlim va kommunal xizmatlarni ajratib koʻrsatdilar. Baholarning yomonlashishi taʼminot, qishloq xoʻjaligi, savdo va moliya sohalarida qayd etildi.

Markaziy bank yil oxirida gaz va elektr taʼminoti sohasida uchinchi chorakda kuzatilgan ijobiy tendensiyalar biroz yomonlashganini maʼlum qildi. Respondentlarning taxminan yarmi oʻzgarishlarni sezishmadi, shu bilan birga, 30% yaxshilanishni, taxminan 25% yomonlashishni taʼkidladi.

Shuningdek, asosiy sabablar roʻyxatiga ijara narxining oshishi (17 foiz), aylanma mablagʻlar va talabning yetishmasligi (16 foizdan) ham kiritilgan boʻlib, Markaziy bank bu borada biroz yaxshilanishni qayd etmoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.