Tolibon va O‘zbekiston O‘zbekistondan Afg‘onistondagi Dashti Alvonga 500 kilovolt elektr energiyasini uzatish loyihasi narxini 252 million dollardan 222 million dollargacha pasaytirishga kelishib oldi. Bu haqda Amu TV telekanali xabar berdi.
Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Abdul G‘ani Baradar va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kelishuvga erishildi.
Barodarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston ham yoz oylarida Afg‘onistonga elektr energiyasi eksportini oshirishga va shu bilan birga tariflarni pasaytirishga rozi bo‘lgan.
Erishilgan kelishuvlar doirasida O‘zbekiston Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi va ikki mamlakatning yirik shaharlarida to‘rtta savdo markazini tashkil etadi, deya qo‘shimcha qildi Aziziy. Shuningdek, u muzokaralarda Afg‘onistonning 10 ta eksport tovariga bojxona tariflarini pasaytirish masalasi ham muhokama qilinganini ta’kidladi.