
Oʻzbekiston afgʻon uchuvchilari olib oʻtgan vertolyotlarning bir qismini AQSHga qaytardi
Oʻzbekiston 2021-yil avgust oyida afgʻon uchuvchilari evakuatsiya qilingan yettita Black Hawk vertolyotini AQSHga yubordi.
Oʻzbekiston 2021-yil avgust oyida afgʻon uchuvchilari evakuatsiya qilingan yettita Black Hawk vertolyotini AQSHga yubordi.
Qizil Xochning Afgʻonistondagi boʻlimi mahalliy ommaviy axborot vositalarining USAID yopilishi fonida faoliyati toʻxtatilgani haqidagi xabarlarini rad etdi. Qoʻmita xodimlari Kobulda va butun Afgʻonistonda hech qanday toʻsiqlarsiz oʻzlarining odatiy faoliyatini davom ettirmoqda.
Donald Trampning xalqaro gumanitar yordamni muzlatish toʻgʻrisidagi buyrugʻi millionlab odamlarning hayotini xavf ostiga qoʻydi. OIVni davolash, ocharchilikka qarshi kurashish, infratuzilmani tiklash va mojarolardan jabrlanganlarni qoʻllab-quvvatlash dasturlari moliyalashtirilmagan.
“Tolibon” tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari hibsga olinish xavfi tufayli emas, balki sogʻligʻi sababli mamlakatni tark etganini maʼlum qildi. Manbalarga koʻra, harakatning ayollar huquqlari boʻyicha siyosatini adolatsiz va islomga zid deb tanqid qilgani Haybatulla Oxundzodaning gʻazabini keltirgan.
Xalqaro jinoyat sudi prokurori Xaybatulla Oxundzoda (“Tolibon” harakati yetakchisi) va Abdul Haqqoniy (Afgʻoniston bosh sudyasi) ni hibsga olish uchun order berish haqida soʻrov bilan murojaat qildi. Ular insoniyatga qarshi jinoyatlarda gumon qilinmoqda. Ularga ayollarni taʼqib qilish va ularning asosiy huquqlarini buzish ayblangan.
“Tolibon” harakati AQSHda giyohvand moddalar va terrorizm uchun hukm qilingan Xon Muhammadni ozod qilish evaziga amerikaliklar ozod etilganini tasdiqladi. Bitim boʻyicha muzokaralar bir necha oy davom etgan. Vashington hozircha rasmiy izoh bermadi.
16-yanvar kuni O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Pokiston elchisi Ahmad Foruk bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mintaqaviy xavfsizlik, Afg‘onistondagi vaziyat va qo‘shma loyihalarni, jumladan Transafg‘on temir yo‘lini qurish masalalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yaponiya Afg‘onistonda tibbiy xizmatlarni yaxshilash uchun 1,5 million dollar ajratdi. UNFPA`ning yangi loyihasi mamlakatning uchta provinsiyasidagi 60 mingdan ortiq ayollar, bolalar va qizlarni qamrab oladi. Tashabbus gumanitar inqiroz sharoitida sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlash, ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va tibbiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan.
“Tolibon” siyosiy idorasi rahbari o‘rinbosari Pokiston hududidagi o‘quv lagerlarida ISHID jangarilari tayyorlanayotgani, keyin esa Afg‘onistonga yuborilayotganini aytdi. Stanikzayning qo‘shimcha qilishicha, Pokiston askarlari ularni o‘qitmoqda va qurol-yarog‘ bilan ta’minlamoqda.
“Tolibon” G‘arb davlatlaridan 20 yillik urush davrida afg‘on qurbonlari uchun tovon to‘lashni talab qilmoqda. Tashkilot xorijiy harbiylar tomonidan ommaviy qoidabuzarliklar, shu jumladan tinch aholini maqsadli o‘ldirishlar sodir etilganini e’lon qiladi.
Anonim zobitning aytishicha, Britaniya maxsus kuchlari hech qanday tahdid tug‘dirmagan erkaklar va o‘smirlarni suddan tashqari qatl qilgan. Jinoyatlarni yashirish uchun ularga qurol tashlab, buni “janob Vulfning ishi” deb atashgan. Buyuk Britaniya hukumati o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, taxmin qilingan harbiy jinoyatlarni tergov qilishni boshladi.
Afg‘onistonning Badaxshon viloyati hukumati shariat me’yorlariga muvofiq qat’iy tartib-qoidalarni joriy qildi. Erkaklarga zamonaviy soch turmagi va tunda sayr qilish taqiqlandi. Bunday cheklovlar mamlakatning boshqa hududlarida ham qo‘llanilmoqda.
Afg‘onistonda turar-joy binolarining derazalarini qo‘shnilar va yo‘lovchilar uydagi ayollarni ko‘ra olmaydigan qilib loyihalashtirish buyurildi. Tegishli farmonni “Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxunzoda imzoladi.
Oʻzbekistondan Afgʻonistonga elektr energiyasi importi tiklandi. Bu uzilishlarga kuchli shamol sabab boʻlgandi.
2024-yilgi Gender tenglik va boshqaruv indeksi (GEGI) reytingida Oʻzbekiston 52-oʻrinni egallab, Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi. Respublika ikki yil ichida 51 pogʻonaga koʻtarildi. Reytingning oxirgi oʻrnini Afgʻoniston egalladi.
Qochqinlar va qaytib kelganlar ishlari vaziri Halil ur-Rahmon Haqqoniy vazirlik hududida sodir boʻlgan portlashda halok boʻldi. “Islom davlati” javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan terrorchilik hujumi amaldor masjidga yoʻl olayotganida sodir boʻldi. U bilan birga yana bir necha kishi halok boʻldi, koʻpchilik jarohat oldi.
Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.