Yevropa Ittifoqi Kiyev va Moskva o‘rtasida tinchlik kelishuvi tuzilgandan so‘ng o‘z harbiylarini Ukrainaga yuborishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vashingtonda AQSH yetakchisi Donald Tramp bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
“Ukraina va Rossiya o‘rtasida tinchlik kelishuvi imzolangandan so‘ng, Yevropa davlatlari Ukrainaga o‘z harbiy tuzilmalarini yuborishi mumkin bo‘ladi, ammo bu qismlar oldingi safda bo‘lmaydi, chunki ularning vazifasi Ukraina bilan birdamlikni namoyish etishdir”, — dedi Makron.
Fransiya yetakchisining ta’kidlashicha, Yevropa tinchlikparvar kuchlari “AQSH yordamiga muhtoj”.
Makronning qayd etishicha, “YI Ukraina va mintaqada uzoq muddatli barqarorlikni saqlash uchun mas’uliyatning bir qismini o‘z zimmasiga olishi kerak”. “"Tinchlik Ukrainaning taslim bo‘lishini anglatmasligi kerak”, — dedi Fransiya rahbari.