Toshkent viloyatida fizra o‘qituvchisi bolalarni tayoq bilan kaltaklagan, uning hamkasbi tarbiyachi esa tarbiyalanuvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Viloyat SSB ishchi ayollarga nisbatan jazo qo‘llanilganini ma’lum qildi.
Hodisa 6-yanvar kuni Parkent tumanidagi 19-sonli davlat bog‘chasida qayd etilgan. Jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tarbiyalanuvchilarni gimnastika tayoqchasi bilan urib, ularni saf tortishga majbur qildi. Aniqlanishicha, tarbiyachi ham bolalarga qo‘pol munosabatda bo‘lgan.
“Voqeaning barcha holatlari o‘rganib chiqilgach, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi va tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari Mehnat kodeksining 157-moddasiga muvofiq bekor qilindi”, — deyiladi xabarda.
Bolalar ombudsmani ham vaziyatni nazoratga olgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, voyaga yetmaganlar orasida jabrlanganlar bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.