Energovazirlik gaz va elektr bazaviy me’yorining amal qilish muddatini o‘zgartirishi mumkin

O‘zbekiston

Davlat organlari o‘z qarori haqida jamoatchilikni xabardor qilishi shart bo‘ladi.

O‘zbekistonda Energetika vazirligi gaz va elektr energiyasi bazaviy normalarining amal qilish muddatlarini o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ladi. Bu norma hukumatning 28-fevraldagi qarorida belgilangan.

Hujjat Energetika vazirligiga ob-havo sharoitlaridan kelib chiqib, hukumat bilan kelishilgan holda isitish mavsumi va boshqa mavsumlarda bazaviy me’yorlarning amal qilish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqini beradi.

Bunda vazirlik, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgazta’minot” AJ bazaviy normalarning amal qilish muddatlaridagi o‘zgarishlarni o‘z rasmiy veb-saytlari va ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilib boradi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.