Uzbekistan Airways samolyoti Moskvadan Toshkentga teletrap bilan to‘qnashgani sababli uchib keta olmadi

O‘zbekiston

Samolyot dvigatelining shikastlanishi bilan Moskvaning Vnukovo aeroportida turibdi.

Uzbekistan Airways samolyoti dvigatelining shikastlanishi tufayli Moskvadan Toshkentga uchishga muvaffaq bo‘lmadi. Bu hodisa haqidagi ma’lumotni SHOT xabar qildi.

Kecha aviakompaniya HY612 reysi texnik sabablarga ko‘ra majburan bekor qilinganini ma’lum qilgan edi.

“Yo‘lovchilar joriy yilning 5 va 6 mart kunlari amalga oshiriladigan aviakompaniyaning muqobil reyslarida tashib ketiladi. Reysni kutish davrida yo‘lovchilar mehmonxonaga joylashtiriladi”, — deyiladi xabarda.

SHOT’ning yozishicha, qo‘nish paytida teletrap samolyotning chap dvigateliga shikast yetkazgan, shu sababli parvoz kechiktirilgan. Shikastlangan samolyot hamon Moskvaning Vnukovo aeroportida turibdi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.