Bitkoin keskin qulashdan soʻng tarixiy yuqori choʻqqini zabt etdi
Bitkoinning narxi tarixda ilk bor 109 ming AQSH dollaridan oshdi, bu haqda Binance maʼlumotlari guvohlik bermoqda. Tarixiy koʻrsatkichga erishishdan biroz avval kriptovalyuta kursi 99,08 ming dollarga qadar qulab tushgandi.