Dunyo

Qozog‘istonda norezidentlarning to‘lov kartalari uchun qoidalar kuchaytirildi

QRMTRA norezidentlar uchun kartalarning amal qilish muddatini bir yilgacha chekladi, tadbirkorlar, diplomatlar va investorlar bundan mustasno. Shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xavfini kamaytirish maqsadida bir kishiga to‘g‘ri keladigan bir bank kartalarining ruxsat etilgan soni 10 tadan 5 tagacha kamaytirildi.

Yaponiya Afg‘onistondagi ayollar va bolalar salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun $1,5 mln ajratdi

Yaponiya Afg‘onistonda tibbiy xizmatlarni yaxshilash uchun 1,5 million dollar ajratdi. UNFPA`ning yangi loyihasi mamlakatning uchta provinsiyasidagi 60 mingdan ortiq ayollar, bolalar va qizlarni qamrab oladi. Tashabbus gumanitar inqiroz sharoitida sog‘liqni saqlashni qo‘llab-quvvatlash, ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish va tibbiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan.

Tramp Vladimir Putin bilan uchrashuv oʻtkazishni rejalashtirmoqda

AQSHning saylangan prezidenti Rossiya yetakchisi bilan muzokaralar uning inauguratsiyasidan soʻng boshlanishini maʼlum qildi. Tramp Ukrainadagi urushning tugashi Putinning pozitsiyasiga bogʻliqligini taʼkidlab, mojaroni hal qilish uchun muloqotga tayyorligini taʼkidladi.

Neuralink miya chiplarining klinik sinovlarini davom ettirmoqda

Neuralink yana bir bemorga miya chipini muvaffaqiyatli implantatsiya qilgani haqida xabar berdi. Bu Ilon Mask kompaniyasidan miya implantini olgan uchinchi odam. Hammasi bo‘lib ular 2025-yil oxirigacha 20 tadan 30 tagacha shunday tartib-taomillarni o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

AQSH Maduro haqidagi ma’lumot uchun mukofotni 25 mln dollargacha oshirdi

Vashington prezident Nikolas Maduroning hibsga olinishiga olib keladigan ma’lumotlar uchun rekord darajadagi mukofot taklif qilib, Venesuela rahbariyatiga bosimni kuchaytirdi. Amerika hukumati va boshqa bir qator davlatlar uning yaqinda inauguratsiyasini tan olmadi va 2024-yilgi saylov natijalari bahsli bo‘lib qolmoqda.

The Daily Telegraph: SAS jangchilari 2010–2013-yillarda Afg‘onistonda harbiy harakatlar paytida tinch aholini o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Anonim zobitning aytishicha, Britaniya maxsus kuchlari hech qanday tahdid tug‘dirmagan erkaklar va o‘smirlarni suddan tashqari qatl qilgan. Jinoyatlarni yashirish uchun ularga qurol tashlab, buni “janob Vulfning ishi” deb atashgan. Buyuk Britaniya hukumati o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, taxmin qilingan harbiy jinoyatlarni tergov qilishni boshladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.