“Manchester Siti” o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni transfer qilishga tayyorlanmoqda

Dunyo

Angliya klubi “Lans” bilan 20 yoshli futbolchining o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim summasi 40 million yevroni tashkil etadi va shartnoma 2029-yilgacha hisoblanadi. Yaqin vaqt ichida Husanov tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng transfer yakunlanishi mumkin.

Foto: bel.football

20 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans”idan “Manchester Siti”ga o‘tadi. Klublar o‘rtasida kelishuvga erishilganini jurnalist Fabrisio Romano X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbalarga ko‘ra, “Lans” Husanovga ingliz klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tishga ruxsat bergan. Agar tekshiruv muvaffaqiyatli o‘tsa, futbolchi 2029 yilgacha shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi Fransiyaning “Lans” klubida 2024-yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

U jamoa muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra tanlandi. Husanov 77 foiz ovoz oldi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.