Qo’llarning quriq teri muammosi turli sabablarga ko’ra yuzaga kelishi mumkin. Bu qandaydir kasallik belgisi yoki turmush tarzining natijasi. Asosan quriq teri muammosi ayollarda ko’p uchraydi. Idishlarni yuvish uchun mo’ljallangan mahsulotlar, sovun va uy tozaligi uchun ishlatiladigan kimyoviy mahsulotlar bunga sabab bo’lishi mumkin. Yana bir sabablardan bittasi havo haroratining o’zgarishi. Ko’chadagi sovuq havodan keyin iliq havo, yani uy yoki bino ichiga kirganingizdan keyin namlik teridan bug’lanadi va teri quriydi. Bundan tashqari havo sovuq bo’lganda organizm terining himoya to’sig’i uchun muhim bo’lgan lipidlar (yunoncha: lipos – yog’) ni kamroq ishlab chiqaradi.
Sovuq havo yoki suvning ta'sirida terining qon tomirlarida kriyoglobulinlar deb ataladigan maxsus immun birikmalar intensiv ravishda ishlab chiqariladi. Ular bunday teri reaktsiyasini beradi va teri qichishishiga sabab bo’ladi.
Qo’l terisining qurishini oldini olish nimalarga ahamiyat berish kerak?
Birinchi navbatda uydan chiqishdan oldin qo’lga surtish uchun mo’ljallangan kremlardan foydalanish va qo’lqop kiyish kerak. Bosh kiyimlar yordamida boshni qurishdan himoya qilish zarur.
Bundan tashqari, qo'llarning quruqlashishi rivojlanishini oldini olish uchun rasionga va suv iste`mol qilish tartibiga e'tibor qaratish lozim. Organizmga suyuqlikning etarli darajada tushmasligi bilan terida fiziologik jarayonlar buzilishi, to'qimalarning elastikligi pasayishi kuzatiladi. Oziqlanish turli xil bo'lishi, organizm uchun zarur bo'lgan barcha moddalarni o'z ichiga olishi kerak: oqsillar, yog'lar, uglevodlar, vitaminlar va boshqa nutrientlar. Ushbu oddiy qoidalarga rioya qilmasdan, ijobiy natijalarga erishib bo’lmaydi.
Ba’zi hollarda teri holatiga ta’sir qiluvchi kasalliklarni aniqlash uchun profilaktik ko‘riklardan o‘tish tavsiya qilinadi.
Agar quruq teri o‘z vaqtida davolanmasa, bu quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
yoriqlar va yallig‘lanishlarning yuqish xavfi;
zararlangan teri maydonining kattalashishi;
asosiy kasallikning kuchayishi, agar quruqlik uning simptomi bo‘lsa;
siqilish va qichishish tufayli doimiy noqulaylik.
Terini parvarish qilish profilaktik yo’nalishga ega bo'lishi kerak — oqibatlarni davolashdan ko'ra uning oldini olgan ma’qul.