Poytaxt metropoliteni matbuot xizmati har biri to‘rt vagondan iborat uchta yangi poyezd kelgani haqida xabar berdi. Yaqin 9-10 kun ichida tarkiblar zarur texnik sinovlardan o‘tkaziladi, shundan so‘ng yo‘lovchilar tashish uchun foydalanishga topshiriladi.
"Toshkent metropoliteni" DUKning ma’lum qilishicha, 2025 yil yanvar va fevral oylarida yana oltita yangi poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu metropoliten vagon parkini yangilash va poyezdlar o‘rtasidagi intervallarni qisqartirish imkonini beradi.