AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakchisi Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, Ukrainadagi vaziyat va uni hal qilish yoʻllarini muhokama qildi. Bu haqda Amerika prezidenti New York Post nashriga maʼlum qildi.
“Men yaxshisi jim turaman”, — dedi Tramp suhbat qancha davom etgani haqidagi savolga javob berar ekan.
Shuningdek, u Putin bilan suhbatining davomiyligi va tafsilotlarini oshkor qilmaslikni afzal koʻrishini aytdi. Shu bilan birga, Tramp Rossiya prezidenti jang maydonida halok boʻlayotgan askarlardan xavotirda ekanini taʼkidlab, Rossiya prezidentiga bu muammo “haqiqatan ham befarq emasligi” va u “odamlar oʻlishni toʻxtatishini xohlashini” taʼkidladi.
Tramp, shuningdek, Rossiya-Ukraina mojarosini toʻxtatish boʻyicha aniq reja borligini taʼkidlab, uning tezroq amalga oshirilishiga umid bildirdi va qoʻshimcha qildi: "Ukrainada shunday dahshatli urush bor. Men bu bemazagarchilikka chek qoʻymoqchiman.