Oʻzbekistonda migrantlar uchun rus tilidan imtihon markazi ochish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston

Oʻzbekistonda migrantlar rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirishi mumkin boʻlgan markaz tashkil etish rejalashtirilmoqda. Qozon federal universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilayotgan yangi loyiha Rossiyada ishga joylashish uchun hujjatlarni olishni osonlashtiradi, vatandoshlarning moliyaviy va vaqt xarajatlarini kamaytiradi.

Фото: Миграционное Агентство РУз

Oʻzbekiston Migratsiya xizmati xodimlari Qozon federal universiteti (KFU) bilan hamkorlikda migrantlar rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirib, tegishli sertifikatlar oladigan markaz tashkil etish masalasini muhokama qildi.

Idora matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Migratsiya agentligi va KFU oʻrtasidagi kelishuv loyihasi tayyorlanmoqda, tafsilotlar markaz ishga tushirilgandan soʻng maʼlum qilinadi.

Yangi markaz Rossiyada ishga joylashish uchun zarur maʼlumotnomalarni olishni osonlashtiradi, xarajatlarni kamaytiradi va muhojirlarni ortiqcha byurokratik qiyinchiliklardan xalos qiladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.