Velosport boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi OCHda 4 ta medalni qoʻlga kiritdi

O‘zbekiston

Tailandda velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha 18 va 23 yoshgacha boʻlgan kattalar va yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar 4 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Tailandning Pxitsanulok shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha kattalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston vakillari 4 ta medal - 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Oltin:

  • Aralash estafeta (U18);

  • Samira Ismoilova (U18, individual vaqt poygasi);

  • Yanina Kuskova (kattalar oʻrtasida, individual vaqt poygasi).

Bronza:

  • Asal Rizayeva (U23, individual vaqt poygasi).

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.