Fransiya Toshkentda yangi tramvay yo‘llarini qurishi mumkin

O‘zbekiston

Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiyaning tashqi savdo hamda xorijdagi fuqarolar ishlari bo‘yicha vazir-delegati Loran Sen-Marten yo‘l xaritasini imzoladi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov va Fransiyaning tashqi savdo hamda xorijdagi fuqarolar ishlari bo‘yicha vazir-delegati Loran Sen-Marten Toshkent shahrida tramvay tizimini joriy etish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi.

Hujjat Shavkat Mirziyoyevning Parijga davlat tashrifi doirasida Fransiya Tashqi ishlar vazirligida imzolandi.

Tramvay yo‘llarini qurish ishlarini Fransiyaning Alstom kompaniyasi o‘z zimmasiga olishi rejalashtirilmoqda. Ehtimoliy yo‘nalishlardan biri shaharni Yangi Toshkent bilan bog‘lashdir.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtga tramvaylarni qaytarish zarurati 2022-yilda “Menimcha” dasturi doirasida tilga olingandi. Tez orada davlat rahbari bu tashabbus g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.