Jizzax viloyatida haydovchi rulda uxlab qolib, yuk mashinasiga urilib ketdi

O‘zbekiston

Matiz haydovchisi shifokorlar yetib kelgunga qadar vafot etdi.

Jizzax viloyatida Matiz yengil avtomobili va yuk mashinasi ishtirokida fojiali yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda YHXB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 13-mart kuni ertalab soat yettilarda Samarqand—Toshkent yo‘nalishidagi M39 avtomobil yo‘lining 980-kilometrida sodir bo‘lgan.

Yengil avtomobil haydovchisi rulda uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va yuk mashinasiga urilgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida jon bergan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.