Dam olish kunlari O‘zbekistonda iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarida 25 darajagacha iliq bo‘ladi.
14-16-mart kunlari Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 7-9, kunduzi 19-22 daraja iliq bo‘ladi.