Toshkentning ayrim aholisi elektr ta’minotisiz qoldi

O‘zbekiston

Tiklash ishlari kechgacha davom etadi.

14-mart kuni Toshkentning Olmazor tumanida elektr ta’minoti qisman uzilgani haqida RET matbuot xizmati xabar berdi.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Shu sababli soat 09:00 dan 17:00 gacha quyidagi mahallalar elektr ta’minotisiz qoldirildi:

“Ahil”, “Elparvar”, "Yangi Toshkent", “Gulzor”, “Mo‘yariq”, "Ibrohim ota", "Islom ota", “Oltinsoy” va “Miskin”.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.