Toshkentning Yashnobod tumanida gaz qisman o‘chirildi

O‘zbekiston

Mutaxassislar kechgacha ta’mirlash ishlarini olib borishadi.

14-mart kuni Toshkentning Yashnobod tumanida gaz qisman o‘chirildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” xabar berdi.

Mutaxassislar rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini olib borishmoqda. Shu munosabat bilan soat 09:00 dan 19:00 gacha quyidagilar gazsiz qoldirildi:

  • Cho‘lpon mahallasida 70 ta xususiy uy va 12 ta ko‘p qavatli uy, Mashinasozlar mahallasida 25 ta ko‘p qavatli uy, 22-harbiy shaharchada 35 ta ko‘p qavatli uy, 25 ta ulgurji iste’molchilar.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.