Andijonda kar-soqov yigitni poyezd urib ketdi: jabrlanuvchi mo‘jizaviy tarzda omon qoldi

O‘zbekiston

Fuqaro og‘ir bosh miya jarohati, miya chayqalishi, gematoma, boshining yirtilgan jarohati, o‘ng to‘piq bo‘g‘imining chiqishi va sinishi oldi, shuningdek, jarohatdan keyingi komaga tushdi.

Andijon viloyatida 26 yoshli kar-soqov yigitni poyezd urib ketdi, og‘ir tan jarohati olgan yosh yigit shifoxonaga yetkazildi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 13 mart kuni soat 10:22 da sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining mahalliy filialiga olib borilib, shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shifokorlar bemorning hayotini saqlab qolishga erishdilar.

Jabrlanuvchi og‘ir bosh miya jarohati, miya chayqalishi, gematoma, boshining yirtilgan jarohati, o‘ng to‘piq bo‘g‘imining chiqishi va sinishi oldi, shuningdek, jarohatdan keyingi komaga tushdi. Hozirgi paytda uning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Shifokorlar bemorni kuzatishni davom ettirmoqdalar.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.