O‘zbekistonda haqiqiy bahor boshlanmoqda

O‘zbekiston

Mamlakatda iliq ob-havo kuzatilib, yog‘ingarchilik va ayoz qaytmaydi.

14-mart kuni O‘zbekistonda issiq ob-havo saqlanib qoladi, ayrim joylarda havo harorati 23 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet ma’lumot berdi.

Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda havo harorati 15-23 daraja iliq atrofida saqlanib qoladi. Toshkentda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 3-8 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan 7-12 m/s tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.