O‘zbekistonda temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining qo‘l yuki, bagaji, valyutasi va valyuta boyliklarini bojxona nazorati va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.
Endilikda bir nafar yo‘lovchini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish va ko‘zdan kechirish hamda deklaratsiyani rasmiylashtirish 1,5 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Mazkur muddat bojxona organi tomonidan quyidagi hollarda 5 daqiqagacha uzaytirilishi mumkin:
tavakkalchiliklarni boshqarish tizimining topshirig‘iga binoan;
bojxona organiga yo‘lovchining noqonuniy xatti-harakatlari to‘g‘risida ma’lumotlar kelib tushganda;
olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan naqd xorijiy valyuta va valyuta boyliklari ustidan nazoratni amalga oshirish uchun;
bojxona nazoratini amalga oshirishda huquqbuzarlik alomatlari aniqlanganda.