Uzum Market marketpleyslar bozorida ustun mavqega ega deb topildi

PRO Pul

Qaror Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining buyrug‘i asosida qabul qilindi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Uzum Market’ni elektron savdo maydonchalari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida tan oldi.

Qaror Raqamli platforma operatorini ustun mavqega ega deb tan olish mezonlarini belgilovchi Raqamli platforma operatorining ustun mavqei va ustun muzokara kuchini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq qo‘mitaning buyrug‘i asosida qabul qilindi.

Nizomning 8-bandiga ko‘ra, raqamli platforma operatori quyidagi shartlardan biri bajarilganda hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita tarmoq effektlari mavjud bo‘lganda ustun mavqeni egallaydi deb e’tirof etiladi:

  • agar oxirgi kalendar yildagi tushum summasi BHMning 100 000 baravaridan (37,5 mlrd so‘m) ortiqni tashkil etsa;

  • agar raqamli platformaning faol yakuniy foydalanuvchilarining umumiy o‘rtacha soni oyiga kamida 50 ming nafarni yoki faol biznes foydalanuvchilarining o‘rtacha soni oyiga kamida 3 ming nafarni tashkil etsa.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.