
Qozog‘istonda Ozarbayjondan Grozniyga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi — video
Qozog‘iston g‘arbidagi Aktau shahrida Bokudan Grozniyga uchayotgan “Azerbaijan Airlines” aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Kadrlarda samolyot ayeroport tepasida qanday tushayotgani ko‘rinadi. Keyin samolyot bir yonga egiladi va burchak ostida yerga uriladi. Kadrlarda portlash va tutun uyumi ko‘rinadi.