O‘zbekiston

Oʻzbekistonda aerotaksi paydo boʻlishi mumkin

Qurilayotgan “Toshkent-Sharqiy” aeroportida aerotaksi va VIP taksi xizmatlarini joriy etish rejalashtirilgan. Shuningdek, ushbu loyiha doirasida biznes aviatsiyasi sohasida taʼmirlash, sotish va saqlash xizmatlari yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida 15 ta yangi sarmoyaviy bitim imzolandi

Oʻzbekiston va BAA kompaniyalari 15 ta yangi bitim va shartnomalar tuzdi. Hujjatlar energetika va qishloq xoʻjaligi sektori, infratuzilma loyihalari, shuningdek, “Toshkent-Sharqiy” aeroportini rivojlantirish va biznes aviatsiyasi sohasida xizmatlar koʻrsatishga taalluqlidir.

2025-yilda Toshkentga 1000 ta avtobus yetkazib beriladi

2025-yilda Oʻzbekiston poytaxtiga qoʻshimcha 1000 ta avtobus va QR-kodli chiptalarni sotib olish uchun 675 ta infokioska beriladi. Yil boshidan buyon yoʻlovchilar oqimi 43,5 foizga oshdi, avtobuslarni kutish vaqti 10-12 daqiqaga qisqardi.

Oʻzbekistonda 14-yanvar kuni valyuta kurslari

AQSH dollari va Xitoy yuanining umumiy mustahkamlanishi fonida yevro va funt sterlingning sezilarli darajada qiymati tushdi. Rossiya rubli va qozoq tengesi ham biroz arzonlashdi.

Siyosiy arbob Ra’no Abdullayeva vafot etdi

O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining sobiq o‘rinbosari, Kompartiyaning mafkura masalalari bo‘yicha kotibi Ra’no Abdullayeva 89 yoshida vafot etdi.

Namangan va Andijonda 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlandi

Namangan va Andijon viloyatlarida 3 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingan. Namangan viloyati Chust tumanidagi korxona 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan. Qolgan 892,2 mln so‘m mablag‘ Andijon shahridagi xususiy ta’lim markaziga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston prezidenti rasmiy tashrif bilan BAAga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari prezidentining taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. U mamlakat rahbariyati bilan uchrashadi, “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida ishtirok etadi va Dubayga tashrif buyuradi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.