Nyu-York — Toshkent yo‘nalishidagi samolyot noto‘g‘ri yo‘lovchi tufayli Qozonga qo‘ndi
Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot spirtli ichimliklarni iste’mol qilib, o‘zini tajovuzkorona tutgan 26 yoshli yo‘lovchi tufayli parvozni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Qozon shahriga shoshilinch qo‘nishdan so‘ng qoidabuzar politsiyaga topshirildi va reys O‘zbekiston poytaxtiga yo‘l oldi.