O‘zbekiston

2025-2027-yillar “Oʻzbekiston va BAA oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi davri” deb eʼlon qilindi

Oʻzbekiston va BAA hamkorlikning yangi imkoniyatlarini muhokama qildi. Ikki davlat rahbarlari iqtisodiyot, innovatsiyalar va energetika sohalarida strategik ustuvor yoʻnalishlarni belgilab oldi. Asosiy kelishuvlar oʻzaro savdo hajmini oshirish va investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan. Madaniy aloqalarni rivojlantirish va yuqori texnologiyalar sohasida kadrlar tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilishi belgilandi.

Turkiyada olti nafar o‘zbekistonlik alkogoldan zaharlanib vafot etdi

Istanbulda olti nafar o‘zbekistonlik qalbaki spirtli ichimlik iste’mol qilgandan keyin zaharlanishdan vafot etdi. Jami 38 kishi zaharlangan, 11 kishi vafot etgan. Diplomatik missiya vatandoshlarni spirtli ichimliklarni iste’mol qilishdan tiyilishga chaqirdi.

Janubiy Koreyada tarixda birinchi marta amaldagi prezident hibsga olindi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol qoʻzgʻolon va hokimiyatni suiisteʼmol qilishda ayblanib hibsga olindi, deb xabar qildi yuqori martabali amaldorlar oʻrtasidagi korrupsiyani tergov qilish boshqarmasi. Bu mamlakat tarixida birinchi marta vaqtincha chetlatilgan, ammo amaldagi rahbar hibsga olingan holatdir.

O‘zbekiston hukumati kichik mehmonxonalar qurilishini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekistonda sayyohlik hududlarida kichik mehmonxonalar qurilishi qo‘llab-quvvatlanadi. Hukumat tarixiy obyektlar va turizm kam rivojlangan hududlarda yangi mehmonxonalar uchun subsidiyalar joriy qiladi. Moliyaviy ko‘mak xonalar soniga bog‘liq bo‘lib, faqat noldan qurilgan binolar uchun taqdim etiladi.

Prezident harbiy xizmatchilarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston prezidenti Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilarga tabrik yoʻlladi. U “dunyodagi hozirgi favqulodda murakkab vaziyatda” harbiy xizmatchilar jismoniy va maʼnaviy shayligini oshirish muhimligini taʼkidaldi.

Samarqandda metro quriladi

Samarqandda zamonaviy “Shirin” ishbilarmonlik markazini tashkil etish loyihasi doirasida 6 kilometr yerusti metrosi quriladi. Bundan tashqari, hududda yangi infratuzilma: turar-joy va biznes majmualari, yoʻllar, koʻpriklar va irrigatsiya tarmoqlari paydo boʻladi.

Shavkat Mirziyoyevning Abu-Dabidagi nutqi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni “Abu-Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida nutq soʻzladi. Davlat rahbari oʻz nutqida bugungi kunda energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va ulardagi uglevodorodlar ulushini keskin kamaytirish iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, barqaror taraqqiyot va global xavfsizlikni taʼminlashning asosiy sharti ekanini taʼkidladi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasiga rahbar bo‘ldi

Bosh prokuror, kurash federatsiyasi rahbari Nig‘matilla Yo‘ldoshev navbatdan tashqari anjumanda bir ovozdan O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi. Sport vaziri Adham Ikromov Yo‘ldoshev tajribasi o‘zbek kurashini yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishiga ishonadi. Ayniqsa, Olimpiada-2028ga tayyorgarlikka alohida e’tibor qaratildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.