10-martda O‘zbekistonda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. O‘zgidromet ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda harorat 13-18 daraja iliq atrofida saqlanib turadi. Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.