Toshkentdan Qozon shahriga uchgan Red Wings aviakompaniyasi samolyoti shahar aeroportida “gilam” rejasi tufayli qoʻnish joyidan 80 kilometr masofada aylanib turibdi. Bu haqda Shot Telegram-kanali xabar berdi.
Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, Qozon shahriga samolyotlarning kirishi va uchishi uchun cheklov uchuvchisiz uchish apparatlari tufayli kiritilgan.
Avvalroq Qozon aholisi shahar ustida kuchli portlash tovushlari haqida xabar bergan edi. Mahalliy maʼmuriyat hozircha rasmiy izoh bermagan.
Shuningdek, bugun tunda Ryazan shahrida havo hujumidan mudofaa tizimi ishga tushirildi. Mahalliy aholi portlashlarni eshitgan va osmonda chaqnashlarni koʻrgan. Yana yaqinroqdagi ikki qishloqda — Sekiyotovo va Mushkovatovoda portlashlar boʻldi.