Satoshi Nakamoto taxallusi ostida yashiringan bitkoin yaratuvchisi joriy kurs boʻyicha 108 mlrd dollarlik aktivlarga ega kriptohamyonga egalik qiladi. Bu Ilon Maskning boyligidan toʻrt baravar kam.

Ushbu manzildagi soʻnggi tranzaksiya 16 yil oldin qayd etilgan, shundan soʻng hamyon harakatsiz qolmoqda.
Nakamotoning kimligi hali ham sir boʻlib qolmoqda. Bu ism ortida kim turganini - bir kishimi yoki dasturchilar guruhimi — aniqlashga koʻp urinishlarga qaramay, ishonchli maʼlumotlar paydo boʻlmadi.