2024-yilda isteʼmolchilar 600 trln soʻmlik gaz va elektr energiyasini talon-toroj qildi

O‘zbekiston

2024-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni talon-toroj qilish bilan bogʻliq 1,2 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan. Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida 600 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.

2024-yil yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gazni talon-toroj qilish bilan bogʻliq 1,2 mingdan ortiq huquqbuzarlik aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida 600 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, oʻtgan yil davomida 65 mlrd soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi 22 foizdan 9 foizga, alkogol esa 35 foizdan 18 foizga kamaydi.

Yil davomida farmatsevtika sohasida 387 ta jinoyat aniqlangan. Mutaxassislar tomonidan 38,5 mlrd soʻmlik sifatsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar olib qoʻyilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.