Senatda Oʻzbekiston–Turkiya hamkorligini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston

Senatda Raisning birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini taʼkidlab, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

Foto: Oliy Majlis Senati

Bugun, 6-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev Turkiyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Tomonlar ikki mamlakat yetakchilarining oʻzaro ishonchi va doʻstona munosabatlari tufayli Oʻzbekiston–Turkiya hamkorligi yangi bosqichga koʻtarilib, har tomonlama strategik sheriklik mustahkamlanganini taʼkidladilar.

Elchi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni ijobiy baholab, qoʻshma loyihalarda ishtirok etayotganidan mamnunligini bildirdi.

Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni kengaytirish, doʻstlik guruhlari va hududlararo hamkorlikni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Parlamentlararo muloqotni rivojlantirish iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.